SESHANBA, 22.10.2024, 13:33
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | Регистрация | Вход
wWw.FULLMP3.UCOZ.RU EXCLUSIV PORTAL...
Меню сайта
Мини-чат
200
Наш опрос
Оцените мой сайт
Статистика

HOZIR SAYTDA: 1
MEHMONLAR: 1
FOYDALANUVCHILAR: 0
Форма входа
SuperJob "Beeline Business” bilan

hamkorlikni kengaytirmoqda



2011 yil 11 aprel, Toshkent. "Beeline Business” ("Unitel” MCHJ va "Buzton” QK) www.superjob.uz rekruting portali uchun Mobil Internet xizmatlarini yetkazib beruvchi sifatida tanlab olindi. 8 aprel kuni biznes va OAV vakillari uchun o‘tkazilgan 3G-router taqdimoti marosimida milliy onlayn-rekrutment bozori yetakchilaridan biriga "Ofis 5 daqiqda” xizmatlarini yetkazib berish uchun shartnoma imzolandi.



"Boshqa kompaniyalardan farqli, Internet biz uchun qo‘shimcha kommunikatsiya kanali emas, balki xizmat sifatiga katta talablar qo‘yuvchi ish faoliyatimizning asosiy manbaidir, – qayd qiladi "CONCEPTUALL-JVSD” MCHJ Bosh direktori (SuperJobning O‘zbekistondagi SB) Vitaliy Stolyarov. – "Mobil ofis” xizmatiga ulangandan va "Ofis 5 daqiqada”ni sinovdan o‘tkazganimizdan so‘ng, biz "Bilayn” foydasiga ongli tanlovni amalgam oshirdik. Natijada bu bizga nafaqat uzluksiz faoliyatni kafolatladi, balki mobil Inernetga bo‘lgan xarajatni to‘rt marta qisqartirdi.



Eslatib o‘tamiz, "Ofis 5 daqiqada” – bu telefon aloqasi, Internetda ishlash, hamda kompyuter tarmog‘ini tashkillashtirish uchun kompleks yechimdir. "Bilayn” SIM-kartali ixchamgina 3G-router statsionar telefonni ulagan, xodimlarga internetda ishlash imkoniyatini taqdim etgan hamda lokal tarmoqni sozlagan holda butun ofis ishini mustaqil ravishda tashkillashtirish imkoniyatini beradi.



Mazkur voqeani sharhlar ekan, "Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: "O‘zbekiston uchun noyob hisoblangan xizmatni biznes-bozorga birinchi bo‘lib taklif etganimizdan g‘oyat xursandmiz. Hamkorligimiz mijoz xarajatlarini optimallashga yordam beribgina qolmay, www.superjob.uz faoliyatining samaradorligini oshirishiga ham ishonamiz. Mamlakatning barcha hududlarida davom etayotgan 3G tarmoqlarini kengaytirish ishlari oqibatida "Ofis 5 daqiqada” xizmatiga bo‘lgan talab faqatgina o‘sib boraishi shubhasiz”.



3G-routerga, tarmoq kabeli yordamida ulangan 2 ta kompyuterdan tashqari, 64 tagacha kompyuter va Wi-Fi dan foydalanilgan boshqa moslamalarni, shuningdek, 1 ta statsionar (analogli) telefon apparatini ulash mumkin. 3G-routerning dasturiy ta’minoti ayni vaqtda "Bilayn” ning 3G tarmog‘ida moslamaning ishini ta’minlash uchun avvaldan o‘rnatilgan moslamalarni o‘z ichiga olgan. Asbob-uskunalarni mustaqil sozlash uchun maxsus interfeys ko‘zda tutilgan. Xizmatga ulanishning bahosi QQS siz $300 ni tashkil etadi.

Поиск
Календарь
«  OKTYABR 2024  »
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Directed by Blackchina |