SESHANBA, 22.10.2024, 13:24
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | Регистрация | Вход
wWw.FULLMP3.UCOZ.RU EXCLUSIV PORTAL...
Меню сайта
Мини-чат
200
Наш опрос
Оцените мой сайт
Статистика

HOZIR SAYTDA: 1
MEHMONLAR: 1
FOYDALANUVCHILAR: 0
Форма входа
............ Nechun menga qilding xiyonat. Seni sevaman. Butun vujudim ila sevaman. Mendan kechib ketgan bo`lsang-da, sevarman, lek afsus, also kechira olmasman. Olamga boq, hayot qanchalar go`zal va maftunkor bo`lmasin shu bilan birga shafqatsiz hamdir. Sevgilim, ko`zlarimga so`ngi bor boqqin. Yuragimdagi tiniq tuyg`ularni, sof muhabbatni, ishonchimni ko`zlarimdan angla. Nahot shu nigohingdan ham meni bebahra etsang. Nahot endi meni sevmasang, ko`ngling mendan shunchalar sovib ketdimi? Axir, men sendan, muhabbatdan o`zga baxtni talab qilmadim-ku! Tim qora chaqmoq ko`zlaringu, jon olg`uvchi afsonaviy shirin so`zlaring ila senga asir tushdim. Oh, yuragim poralandi, sening yolg`on va`dalaring yodimga tushsa!
"Men faqat sizniki bo'laman sizsiz dunyo qorong`u, hayotda siz uchun, faqat siz uchun yashayman, qalbim abadul-abad sizniki bo`lgay”,-deya aytilgan so`zlar hamon qulog`im ostida jaranglaydi…
Nahot o`sha paytlar bu so`zlar yo`liga aytilgan bo`lsa…Nahot muhabbatni ham o`z maqominga solib olgan bo`lsang…Men senga chin dildan ishonardim, afsus qalbing tubiga muhabbatimni cho`ktira olmadim. Menga in`om etganing muhabbat anhorlari sayozligini kech angladim. Buni angladimu, MUHABBATDAN ko`nglim qoldi. Sen xiyonotkor dunyoning ziynatiga qo`l urding. Meni, mening sevgimni toptading. Keyinroq balsam, sen Olloh tomonidan berilgan muhabbat atalmish buyuk ne`matdan yiroqda ekansan. Sening qalbingdan muhabbat chechagini izlab topolmadim. Sen meni sevmasliging aniq, biroq bu achchiq haqiqatni tan olgim kelmasa netay. Yuragim faqat senga talpinar. Ko`z yoshlarim daryo bo`lib oqmoqda. ilk sevgimni, pokiza tuyg'ularimni faqat senga baxshida etdim. Ammo sen qalbim chirog`ini yoqmasdan o`chirib ketding. Ko`nglim shishasini chil-chil parchalab yubording. Endi menga o`zga yor kerak emas, sen birinchi va oxirgisi bo`lib qolursan, lekin yuragimning tub-tubida g`uncha kabi pok muhabbat mujassamdir, o`sha muhabbat ila yashagum, faqat sendan bitta o`tinchim, yoningda baxtdan entikib turgan yoring bilan bir umrga baxtli bo'lgin, menga nasib etmagan sevilish baxtini o'shal yoringa nasib aylagin. So`nggi nafasinggacha sevib, ardoqla. Xayr endi bevafo meni unutmasang bas, zero xayolan doim sen bilan birgaman. Sizlarga faqat baxt tilarman. Zero sevgini xor qilgan baxtini topish mushkulligini bilsamda, baribir seni baxtli bo`lishingni istayman. Faqat meni unutmasang bas! Har safar baxtdan entikkaningda qaysidir bir yigitni baxtsizlikdan ezilayotgani haqida bir eslab qo `ygin…

Unutmay o`tmishim, unutmay dardim,
Unutmay daryo misol oqqan ko`z yoshim.
Unutmay mayli "Muhabbat” yo`lida chekkan azobim,
Men dunyoda ekanman hayot.
Qalbimdan o`chmas sevgilim,
Sen qo`l urgan xiyonat!

Поиск
Календарь
«  OKTYABR 2024  »
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Directed by Blackchina |