SESHANBA, 22.10.2024, 13:38
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | Регистрация | Вход
wWw.FULLMP3.UCOZ.RU EXCLUSIV PORTAL...
Меню сайта
Мини-чат
200
Наш опрос
Оцените мой сайт
Статистика

HOZIR SAYTDA: 1
MEHMONLAR: 1
FOYDALANUVCHILAR: 0
Форма входа


Bu voqeaga ham ikki yildan oshibdi…mana Ikkalamiz ilk tanishgan yoz fasli yana hukm surmoqda . Atrofda suv sirab ochilgan oppoq gullar go`yoki bizni tabriklash uchundek edi… Biz uchrashadigan o'sha xiyobon xozit xuvillab qolgandek Ikkimiz uchrashgan kezlar Moviy osmonni tomosha qilardik, olis-olislarda suzayotgan siyrak bulutlar yoniga uchgimiz kelardi. Har safar yoninga kelganimda, senga gul tuhfa etardim. Atigi bir dona bo`lsa ham, ular sen uchun yuzta guldan-da qadrli ekanligini juda ko'p bora aytarding . Bizning ko`p sevishganlardan farqimiz shunda ediki, sevgimizni hech kimdan sir tutmasdik. Bundan ota-onalarimiz xam xabardor edilar. Bu esa bizning birga bo`lishimiz uchun, yana bir yengillik edi, xullas, bir-birimizdan ajralib qolishdan hecham qo`rqmasdik, lekin… . Biz bir-birimizni qanchalar sevardig-a?! sen bahor faslini yoqtirarding. Lekin negadir men sevgan kuz fasli senga hech yoqmasdi. Lekin bir kun kelib men ham shu faslni yomon ko`rib qolishim tushimga ham kirmagan edi…Aynan mana shu kuz fasli bizni bir-birimizdan to abad ayirdi… Afsus!O`shanda kasalxonaga tushib qolganingda, vrachlar ahvoling o`ta darajada xavfli emasligini aytgandi. Lekin kegin bilsam, ularni shunday deb aytishga sen majbur qilgan ekansan-da?! Aslida-chi, bu yorug` dunyodan bevaqt ko`z yumishingni bilgan ekansan. Oxirgi marta seni ko`rishga borganimda, o`zingni ancha yaxshi his etayotganding va men bundan xursand edim, sog`aygach, sayohatga chiqishga so`z berganding… shunda sen: " Kechki payt yonimga kelib ovora bo`lmang, ertaga bemalol ishigizga borib kelaverering , tong sahar menga javob berishadi va men uyga borgach, singa qung`iroq qilaman”,-deding. Men esa baribir kelishligimni aytdim. Sen esa bunga astoyidil qarshiling uchun, nachora rozi bo`ldim. Endi o`ylasam, o`shanda katta xato qilgan ekanman… Nega endi senga quloq soldim-a? Agar borganimda seni so`ngi marotaba ko`rarmidim… Balki bunga yuragim dosh beraolmay, meni o`zing bilan olib ketarmiding… o`shat tun yuragim juda notinch edi. Tuni bilan uxlay olmadim. Tong yorishishini intizorlik bilan kutdim, biroq, kutganda vaqt ham o`tmas ekan. Nihoyat tong yorishdi, negadir ishga oyog`im tortmay, sening yoningga shoshildim.ertalab ko`chaga chiqganimda, havo qop-qora bulut, qarg`alar tinmay aylanardi, buning ustiga juda kuchli shamol edi… xullas, juda xam kayfiyatni buzadigan havo edi. Kasalxonaga sening oldinga 2ta sen yaxshi ko`radigan shokolad etdim. Lekin… oila a`zolaringni o`ta kayfiyatsiz holati, onangning achchiq ko`z yoshlarini ko`rib, mening yuragimdan ham bir narsa uzilib ketdi. Hech kimga gapirmasdan to`g`ri xonanga kirdim, hatto vrachlar "Kirish mumkin emas” deb eshikka yozib qo`ygan bo`lsa xam…Kirdim, sen ko`zlaringni ochgan holda yotarding… Men esa biroz tinchlanib: " Qara, sez yoqtiradigan shokolad olib keldim, hali noushta qilmagandirsan-a”-deya senga gap boshladim, lekin sendan sado chiqmsdi, hatto qayrilib ham qaramading… balsam… shunda o`zimni yo`qotib qo`yishimga ozgina qoldi, bor ovozim bilan baqirdim, vrachlar meni olib chiqib ketishdi… Nega, nega meni tashlab ketding? Menga shuni ravo ko`rdingmi? Baxtimizni shu yo`l bilan yakunlamoqchimiding?... Axir va`dalar unaqa emasdi-ku?! Sening shu kichkina joning shunchalik katta dunyoga sig`madimi? Xullas, bundan kegin sensiz bu dunyoda yashashdan maqsadim nima ekanligini ham bilmasdim… Agarda mening o`rnimga boshqa bilan birga ketib qolganingda ham bunchala kuymasdim… lekin sen bu yorug` olamni jimgina yolg`iz tark etding.o`shanda men birinchi bor o`kinib-o`kinib yig`ladim, osmon xam xuddi mening yig`lashimni kutib turgandek, bor ko`z yosharini to`kib-soldi…endi balsam, o`sha xosiyatsiz ob-havoning qora bulutlari- mening ko`z yoshlarim, uyimiz yonida pastlab uchayotgan qarg`alar- sening vafoting darakchilari va o`sha qattiq shamol-seni uzoq-uzoqlarga olib ketish uchun shay bo`lishgan ekan. Ana shun kundayoq men kuz faslini juda ham yomon ko`rib qoldim, demak sen ham bejiz bu faslni yoqtirmas ekansan…

Поиск
Календарь
«  OKTYABR 2024  »
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Directed by Blackchina |