SESHANBA, 22.10.2024, 13:30
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | Регистрация | Вход
wWw.FULLMP3.UCOZ.RU EXCLUSIV PORTAL...
Меню сайта
Мини-чат
200
Наш опрос
Оцените мой сайт
Статистика

HOZIR SAYTDA: 1
MEHMONLAR: 1
FOYDALANUVCHILAR: 0
Форма входа
2011-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 7,55 million kishiga yetdi. Bu haqda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi (O‘zAAA) bosh direktori Hakim Muhitdinov agentlikning joriy yil I choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisida ta’kidlab o‘tdi.

O‘zAAA rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekistonda har 1 000 kishidan 265,3 tasi Internet tarmog‘idan foydalanmoqda. Internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etuvchi xo‘jalik subyektlarining soni 903 taga yetdi.

Xalqaro axborot tarmoqlariga ulanishning umumiy tezligi 2,82 Gbit/s ga yetdi. Joriy yilning I choragida AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) sohasida jami 516 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi. Bundan 310 milliard so‘mi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar ortidan keldi.

O‘zAAA rahbarining so‘zlariga ko‘ra, respublikada raqamlashtirish darajasi 93,7% ni tashkil qilmoqda.

"ZiyoNET” tarmog‘iga jami 10 914 ta ta’lim muassasalari ulangan. Xususan, "ZiyoNET” tarmog‘iga respublikamizdagi barcha axborot-kutubxona markazlari, 9 403 ta maktab, 131 ta litsey, 1 204 ta kollej, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 14 ta hududiy bo‘linmasi, 23 ta muzey, 83 ta oliy ta’lim muassasasi va 35 ta ilmiy-tadqiqot instituti ulangan.

2011-yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, respublikamizdagi axborot-kutubxona markazlarining jami fondi 4,936 million nusxani tashkil etdi. Hozirgi vaqtda barcha axborot-kutubxona markazlarining elektron kataloglarida 497 ming bibliografik yozuvlar mavjud.

Поиск
Календарь
«  OKTYABR 2024  »
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz

  • Directed by Blackchina |